Sirdaryoda nafaqaxo`r erkak 5 yashar qizga tegajog`lik qildi va 10 yil qamoq jazosini oldi. Bu haqda “Nemolchi” loyihasi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2023 yilning 13 aprel kuni V.G. ismli erkak tug`ilgan kunini nishonlash maqsadida ertalabdan spirtli ichimliklar iste`mol qiladi. Uning hovlisining bir qismida er-xotin besh yoshli qizchasi bilan ijarada turishadi.
Tushlikdan keyin qizcha onasidan uy hovlisida o`ynashni so`raydi. Mast erkak qo`shni qizining yolg`iz o`ynayotganini ko`rib, uni yoniga chaqirib, multfilm qo`yib berish va birga o`ynashni taklif qiladi. Qiz qo`shnisining taklifiga javob berdi, shundan so`ng V.G. qizni xonasiga olib kirib, qisman echintiradi.
Erkak o`zini qondirishni boshlaydi va butun jarayonni videoga olib, shuningdek qizchani suratga oladi. Qizcha qo`rqib, uni qo`yib yuborishini so`raydi, uning qo`lidan chiqib ketmoqchi bo`ladi, lekin erkak uni belidan mahkam ushlaydi. Shu qadar qattiq ushlaydiki, qiz og`riqdan baqiradi va ekspertiza keyinchalik qayd etgan izlar qoladi.
Qizining yig`lashidan onasi hovliga yugurib chiqadi. Qizini chaqirayotganini eshitgan erkak qo`rqib ketadi va qizni qo`yib yuboradi. Xonadan yugurib chiqqan qiz tushib qolgan telefonni olib onasining oldiga chopadi. Qiz darrov onasiga hammasini aytib, telefonni beradi, ayol videoni ko`rib, o`sha zahoti huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi. V.G. uzr so`rab, uning ustidan ariza bermaslikni iltimos qiladi, lekin onasi qat`iy edi. 2023 yil 14 aprel kuni V.G. hibsga olinadi.
2023 yil iyul oyida jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko`rib chiqiladi va pensiya yoshini hisobga olgan holda V.G. Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Jazoni umumiy rejimli koloniyada o`tashi belgilanadi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismining sanksiyasi 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi. Biroq, Jinoyat kodeksining normalari 60 yoshdan oshgan shaxslar uchun jazoni qisqartirishga imkon beradi. Bundan tashqari, sud hukm chiqarayotganda aybdorning pushaymonligi, uning yoshi va oilaviy ahvolini hisobga oldi va V.G.ga nisbatan engilroq jazo (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi maxsus qismi moddasining tegishli sanksiyasida nazarda tutilgan quyi chegarasidan past) 10 yil ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlandi.
“Pensiya yoshi hatto bolalarning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlarda ham jazoni kamaytirishga sabab bo`layotgani birinchi holat emas. Mast bo`lishi va jabrlanuvchining yoshiga qaramay erkak belgilanganidan ham kam jazo olishga muvaffaq bo`ldi. Nima uchun engillashtiruvchi holat bo`lmish zo`ravonning yoshi barcha og`irlashtiruvchi holatlardan ustun turadi?”,-deyiladi loyiha xabarida.