AsosiyJamiyat

Rossiya va Ukrainada bo`lib turgan o`zbekistonliklar haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi murojaat bilan chiqdi

'Rossiya va Ukrainada bo`lib turgan o`zbekistonliklar haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ogohlikka chaqirmoqda. 

Qayd etilishicha, so`nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o`rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududlarida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari bilan bog`liq turli xabarlar tarqalmoqda.

“Shu munosabat bilan, Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so`raymiz”, - deyiladi agentlik xabarida. 

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o`xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar