Bugun davlat rahbari Shavkat Mirziyoev Samarqandga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovni xotirlash marosimida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz, bugun, 2 sentyabr – O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni.
Birinchi Prezident I. Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni og`ir xastalikdan so`ng 78 yoshida vafot etgan.






