AsosiyJamiyat

Umra safari bo`yicha noto`g`ri talqinlar tarqalmoqda. Diniy qo`mita munosabat bildirdi

'Umra safari bo`yicha noto`g`ri talqinlar tarqalmoqda. Diniy qo`mita munosabat bildirdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 8 avgustdagi 345-sonli “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoq sahifalarida mazkur qarordagi ayrim jihatlar bo`yicha shaxsiy qarashlarga asoslangan noto`g`ri talqinlar tarqalmoqda. Din ishlari bo`yicha qo`mita rasmiy munosabat e`lon qildi.

Qayd etilishicha, aslida, mazkur qaror asosida endilikda mamlakatimizda xususiy sektor tomonidan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish imkoniyati yaratilayotgani keltirilgan.

Unga ko`ra, turistik faoliyatni amalga oshirish lisenziyasi chiqish turizmi kichik turining “Umra” xizmatlarini ko`rsatish faoliyati bo`yicha quyidagi qo`shimcha lisenziya talablari va shartlari joriy etiladi:

- 100 ming AQSh dollaridan kam bo`lmagan mablag`larni Turizm qo`mitasining Xavfsiz turizm jamg`armasiga zaxira qilib qo`yish;

- “Umra” xizmatlari davomida ziyoratchilarning guruh rahbari etib O`zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida uning diniy bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan mutaxassislarini tayinlash;

- “Umra” xizmatlarini ko`rsatuvchi turoperator shtatida diniy (islomiy) ta`lim yo`nalishlari bo`yicha respublika ta`lim muassasasi yoki O`zbekiston xalqaro islom akademiyasining tegishli bakalavriat ta`lim yo`nalishi yoxud magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi bo`lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo`lishi;

- “Umra” xizmatlarini voyaga etmagan fuqarolarga ko`rsatmaslik;

- “Umra” xizmatlarini Saudiya Arabistoni Podshohligidagi hamkor tashkilot o`rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish.

2023 yil 1 oktyabrdan “Umra” xizmatlarini ko`rsatuvchi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholash tizimi joriy etiladi. Baholash tizimi Turizm qo`mitasining maxsus saytida e`lon qilib boriladi.

Qarorda belgilangan qo`shimcha lisenziya talab va shartlari 2023 yil 1 noyabrdan qo`llaniladi.

“Shu o`rinda, muhim bir jihatga e`tibor qaratish lozim: Qarordagi “Umra” xizmatlarini voyaga etmagan fuqarolarga ko`rsatish taqiqlanishi qat`iy belgilab qo`yilgan bo`lsa-da, biroq mazkur jihatni turli assosiasiya va vakolatga ega bo`lmagan shaxslar tomonidan shaxsiy  qarashga asoslangan holda noto`g`ri talqin qilinishi – odamlarni chalg`itishga sabab bo`lmoqda.

Aslida, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 8 avgustdagi 345-sonli qaroriga muvofiq “Umra” xizmatlarini voyaga etmagan fuqarolarga ko`rsatish ta`qiqlanadi.

O`z navbatida, mazkur qarorni sharhlash va shaxsiy qarashni ommaga singdirish turli assosiasiya va  shaxslarning vakolatiga kirmasligini ma`lum qilamiz”, - deyiladi xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar