AsosiyDunyo

Qirg`istonda siyosatchi Adaxan Madumarov hibsga olindi

'Qirg`istonda siyosatchi Adaxan Madumarov hibsga olindi'ning rasmi

Adaxan Madumarov hibsga olinib, ehtiyot chorasini tanlash uchun Bishkekning Pervomay tuman sudiga olib ketildi. Bu haqda “Sputnik Qirg`iziston” xabar qilmoqda.

2009 yilda Xavfsizlik Kengashi kotibi bo`lgan Madumarov uchta modda bilan ayblanmoqda. Xususan,  hokimiyatni zo`ravonlik bilan egallab olishga tayyorgarlik ko`rish, ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga tayyorgarlik va mansab vakolatini suiiste`mol qilish.

Avvalroq Bosh prokuror Madumarovni jinoiy javobgarlikka tortish uchun parlamentdan rozilik so`ragan edi. Bunga Parlament rozi bo`lgan.

2009 yilda Madumarov imzolagan protokolga ko`ra, qirg`iz tomoni Tort-Kochoning bahsli uchastkasini tojik tomondan 49 yilga ijaraga olgan. Qirg`iziston bu hujjatni tan olmaydi. 

    Boshqa yangiliklar