AsosiyDunyo

Hindiston Quyoshga kema uchirdi

'Hindiston Quyoshga kema uchirdi'ning rasmi

Hindiston kosmik agentligi oyga uyushtirilgan muvaffaqiyatli parvozdan so`ng o`zining navbatdagi kosmik kemasini bugun, 2 sentyabrda Quyoshga uchirdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Kemaning ilk parvozi Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) ning veb-sahifasida jonli efirda uzatildi. Videoni 860 mingdan ortiq odam tomosha qildi, minglab odamlar esa zondning ko`tarilishini ko`rish uchun uchirish joyi yaqiniga yig`ildi. Keyinchalik mamlakat kosmik agentligi X ijtimoiy media platformasida sun`iy yo`ldosh orbitada ekanini ma`lum qildi.

"Bu bizga quyoshni, uning dinamikasini, zamonaviy texnologiyalar uchun muhim element bo`lgan ichki geliosferani, shuningdek, kosmik-ob-havo jihatlarini tushunishga imkon beradi", dedi missiya bosh mutaxassisi Sankar Subramanian.

Hindcha quyosh nomi bilan atalgan Aditya-L1 kemasi Erdan 150 mln km uzoqlikda joylashadi. U to`rt oy davomida 1,5 mln km masofani bosib o`tishga mo`ljallangan. 

Kemaning ba`zi tarkibiy qismlarini ishlab chiqishda ishtirok etgan Somak Raychaudhurining fikricha, missiya ilm-fan nuqtai nazaridan “katta portlash” qilishi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar