AsosiyJamiyat

Xalqaro informatika olimpiadasida O`zbekistonlik o`quvchilar ilk bor sovrindor bo`lishdi

'Xalqaro informatika olimpiadasida O`zbekistonlik o`quvchilar ilk bor sovrindor bo`lishdi'ning rasmi

Vengriyada bo`lib o`tgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida Dilyorbek Valijonov va Dilshodbek Xo`jaev bronza medallarini qo`lga kiritdi. Bu O`zbekiston uchun ushbu fan bo`yicha olimpiadadagi ilk medallar bo`ldi.

Vengriyaning Seged shahrida bo`lib o`tgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida 2 nafar o`zbekistonlik o`quvchi bronza medallarini qo`lga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bu o`zbekistonlik o`quvchilar uchun informatika olimpiadasida qo`lga kiritilgan ilk medallar bo`ldi.

G`olib o`quvchilar:

  • Dilyorbek Valijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi o`quvchisi;
  • Dilshodbek Xo`jaev — Toshkent shahrudagi ixtisoslashtirilgan maktab o`quvchisi.

Prezidentning «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq, bronza medalini qo`lga kiritgan o`quvchilar bazaviy hisoblash miqdori (BHM, u hozirda 330 ming so`m)ning 200 baravari (66 mln so`m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so`m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g`oliblari OTMlarga grant asosida o`qishga qabul qilinib, keyinchalik ta`lim muassasalarida o`qituvchi bo`lib faoliyat yuritadigan bo`lsa, lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.

    Boshqa yangiliklar