Yotoqxona to`lovi bo`yicha imtiyozni oliy ta`lim muassasalari Kengashi belgilaydi. Bu haqda Telegramdagi “Ta`lim nazorati” kanalida xabar berildi.
Quyidagilar yotoqxona to`lovlaridan butunlay ozod etiladi:
—ko`z kasalliklari bo`yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
—chin etimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va etimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
—mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
—ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
Quyidagi toifalarga umumiy to`lovdan 50 foiz chegirma beriladi:
—umumiy kasalliklar bo`yicha 2-guruh nogironlari;
—vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas`ul talabalarga.






