AsosiyDunyo

Turkiya janubi-sharqiga meteorit tushdi(video)

'Turkiya janubi-sharqiga  meteorit tushdi(video)'ning rasmi

Turkiyaning mamlakat janubi-sharqidagi beshta viloyat: Diyorbakir, Malatya, Erzurum, Elazig va Gaziantep aholisi meteorit tushishiga guvoh bo`ldi. Bu haqda Sabah xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan videoda atmosferada ob`ekt yonib ketganini ko`rish mumkin. Kadrlar Er yuzasiga qarab uchayotgan meteoritning zangori-yashil rangda qanday porlashini ko`rsatadi.

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ob`ekt Shonliurfa viloyati yaqiniga tushgan, shundan so`ng baland ovoz eshitilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar