AsosiyDunyo

Bolgariyada yuk mashinasidan yuzga yaqin qochqin topildi

'Bolgariyada yuk mashinasidan yuzga yaqin qochqin topildi'ning rasmi

Bolgariya huquq-tartibot xodimlari 80 nafar noqonuniy muhojirni olib ketayotgan yuk mashinasini to`xtatdi. Qayd etilishicha, mashina mamlakat poytaxti Sofiyadan 8 km uzoqlikda, Frakiya shossesida topilgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Hozir polisiya otryadlari voqea joyida qochqinlarning shaxsini aniqlamoqda va qochishga muvaffaq bo`lgan yuk mashinasi haydovchisini qidirmoqda.

Avvalroq Bolgariya hukumati mamlakat bo`ylab migrasiya oqimi o`tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 57 foizga oshgani haqida e`lon qilgan edi. Avgust oyi o`rtalarida ham 80 nafar muhojirdan iborat yuk mashinasi topilgan edi. Ularning barchasi Afg`oniston fuqarolari bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar