AsosiyDunyo

Zelenskiy Ukraina mudofaa vaziri iste`foga chiqqanini e`lon qildi

'Zelenskiy Ukraina mudofaa vaziri iste`foga chiqqanini e`lon qildi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mudofaa vaziri Aleksiy Reznikov o`rniga Davlat mulk jamg`armasi rahbari Rustem Umerovni tayinlash istagi borligini tasdiqladi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy 3 sentyabr kuni kechki nutqida aytib o`tgan.

“Men Ukraina mudofaa vazirini almashtirishga qaror qildim. Aleksey Reznikov 550 kundan ortiq davom etgan keng ko`lamli urushni boshdan kechirdi. O`ylaymanki, vazirlikka harbiylar bilan ham, butun jamiyat bilan ham yangi yondashuvlar va boshqa o`zaro hamkorlik shakllari kerak. Endi vazirlikka Rustem Umerov rahbarlik qilishi kerak. Ukraina Oliy Radasi bu odamni yaxshi biladi va janob Umerovga boshqa tanishtirish kerak emas. Men bu nomzodni parlament qo`llab-quvvatlashini kutaman”, — dedi prezident.

Zelenskiyning so`zlariga ko`ra, Oliy Rada kelasi hafta ushbu tayinlov uchun ovoz berishi kerak.

Rustem Umerov nomzodi Ukraina parlamentiga qachon taqdim etilishi hozircha aniqlanmagan. Umerov avvalroq Qrim-tatar xalqi majlisi rahbari Mustafo Jemilevning maslahatchisi bo`lgan va o`tgan yilning bahorida Ukrainaning Rossiya bilan muzokaralar olib borayotgan delegasiyasi a`zosi edi.

Ukraina parlamenti deputati Oleksiy Goncharenkoning so`zlariga ko`ra, mudofaa vaziri lavozimidan ketganidan so`ng Oleksiy Reznikov katta ehtimol bilan Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlanadi.

 

    Boshqa yangiliklar