AsosiyJamiyat

Samarqand Davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali faollar zalidagi beton plita qulab tushdi. Jarohatlanganlar bor

'Samarqand Davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali faollar zalidagi beton plita qulab tushdi. Jarohatlanganlar bor'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand Davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali faollar zalidagi beton plita qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Kattaqo`rg`on shahar hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy axborot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun Samarqand Davlat universitetining Kattaqo`rg`on filiali binosidagi (sobiq lisey binosi) faollar zali shiftidagi beton plita noma`lum sabablarga ko`ra joyidan siljib pastga tushgan.

Voqea sodir bo`lgan ya`ni, plita tushgan joyda talabalar bo`lmaganligi sababli hech kimga jiddiy zarar etmagan. Faqat zalning birinchi qatorida o`tirgan ikki nafar 1- bosqich talabalari engil jarohat olgan va ayni damda shahar Tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko`rsatilmoqda. Ularning ahvoli yaxshi.

"Ayni damda ishchi guruh tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda. O`rganish natijasi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi",–deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar