Biroz avval, Samarqand Davlat universiteti Kattaqo`rg`on filialida beton plita qulab tushib jarohatlanganlar borligi haqida xabar bergan edik.
Holat bo`yicha Kattaqo`g`on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura ma`lum qildi.
Dastlabki olingan ma`lumotlarga ko`ra, 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda ularga zarur tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.
"Tekshirish natijasiga ko`ra, qonuniy qaror qabul qilinadi" deyiladi xabarda.






