O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi arafasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan maktab o`quvchilari uchun Qizil kitoblar chop ettirildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qizil kitoblar jami 40 000 nusxada bo`lib, respublikadagi barcha umumta`lim maktablariga tarqatilmoqda. Xususan, bugunga qadar Xorazm viloyatida 2000 ta, Sirdaryo viloyatida 1250 ta, Jizzaxda 2050 ta, Navoiyda 1400 ta, Qashqadaryo viloyatida esa 4000 ta kitob o`quvchilar qo`liga etib bordi.
Ta`kidlash joizki, Qoraqalpog`iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda ham o`quvchilar Qizil kitob bilan ta`minlanadi. Maqsad yosh avlodda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishni o`rgatishdir.
04.09.2023 16:49
O`zbekistondagi barcha maktab o`quvchilariga Qizil kitoblar topshirildi






