AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi maktabda ota-onalar farzandlari uchun oliy ma`lumotli o`qituvchi talab qilgani aytilmoqda

'Qashqadaryodagi maktabda ota-onalar farzandlari uchun oliy ma`lumotli o`qituvchi talab qilgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanidagi maktabda ota-onalar farzandlari uchun yosh, oliy ma`lumotli o`qituvchi talab qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan tushuntirish berdi.

Unga ko`ra, murojaatda keltirilgan vajlarni o`rganish va tegishli tartibda rasmiy izoh berish maqsadida tezkorlik bilan Yakkabog` tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi va mas`ul tashkilotlar tomonidan atroflicha o`rganildi. 

Aniqlanishicha, Yakkabog` tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 4-umumta`lim maktabida 2023/2024-o`quv yilida 850 nafar o`quvchi ta`lim-tarbiya olib kelmoqda. Joriy yil 89 nafar o`quvchi 1-sinfga qabul qilindi. Barcha 1-sinf o`quvchilariga Prezident sovg`alari tantanali ravishda topshirildi.

Murojaatchilar tomonidan 4 sentyabr kuni 1-sinf ota-onalari 1-“A” sinf rahbari O.D. farzandlarini o`qitmasligini, oliy ma`lumotli o`qituvchi o`qitishini so`ralgan murojaati bo`yicha mas`ul xodimlar ishtirokida o`rganish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, ota-onalar tomonidan bildirilgan e`tirozlar nafaqat bo`lim xodimlari, balki Yakkabog` tuman IIB psixolog-inspektorlari, maktab rahbariyati bilan birgalikda atroflicha muhokama etildi. 

O`rganish natijalari yakuni bo`yicha ota-onalar bilan tushuntirish ishlari olib borildi va 1-“A” sinfga o`qitishni istamagan ota-onalarning farzandlari boshqa sinflarga o`rnatilgan tartib asosida o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar