Andijon viloyati Baliqchi tumani IIB navbatchilik qismiga shu tumanda yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o`zining “Neksiya” rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini uyi oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma`lum bo`lgan.
Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Oltinko`l tumanida topilgan. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Baliqchi tumanida yashovchi 16 yoshli ikki nafar fuqaro bo`lib chiqdi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





