AsosiyJamiyat

Endi tashqi reklama uchun joy auksion orqali sotiladi

'Endi tashqi reklama uchun joy auksion orqali sotiladi'ning rasmi

Tashki reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 dekabrdan boshlab tashki reklama bozori ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish xamda sohada shaffoflikni ta`minlashga qaratilgan “Tashki reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi.

Davlat mulki bo`lgan er uchastkalarida, bino hamda inshootlarda tashqi reklama va axborot ob`ektlari (konstruksiyalari) uchun reklama joyining pasporti hamda ularni o`rnatish uchun shartnomalar ommaviy oferta shaklida E-auksion elektron savdo platformasining yagona elektron savdo maydonchasida g`olibga avtomatik tarzda beriladi.

Shuningdek, xususiy binolar va transport vositalariga (yo`nalishli avtobuslar bundan mustasno) qo`yilgan tashqi reklama uchun reklama joyining pasporti YaIDXP orqali beriladi.

Davlatga tegishli bo`lgan erlar, bino va inshootlarda tashqi reklama uchun ijara haqi Toshkentda 1 kv.metr uchun BHMning 20 foizi, Qoraqalpog`iston va viloyat markazlarida 10 foizi, boshqa hududlarda esa 7 foizi miqdorida bo`ladi. Transport vositalarida tashqi reklamalarni joylashtirish uchun yig`im ularning toifasidan kelib chiqib belgilanadi.

Qayd etilishicha, amal qilish muddati belgilanmagan reklama joyi pasportlarining amal qilish muddati davlat mulki bo`lgan bino va inshootlar uchun 2024 yil 1 dekabrgacha va er uchastkalari uchun 2030 yil 1 dekabrgacha etib belgilandi.

    Boshqa yangiliklar