Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`istonning Ellikqal`a tumanida 13 yashar qizning nomusiga tegilganligi aytilgan videomurojaat tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi Axborot xizmati xabar berdi.
Ellikkal`a tumani "Amirobod" OFYda yashovchi fuqaro M.Z. 2023 yil 30 avgust kuni tuman IIBga murojaat qilib, 2010 yilda tug`ilgan voyaga etmagan nevarasi T.S.ni qo`shnisi Z.Sh. qo`rqitish va zo`rlik ishlatish orqali nomusiga tekkanligi sababli, Z.Sh.ga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.
Mazkur holat Respublikasi prokurori tomonidan joyida o`rganilib, sud tibbiyot ekspertizasining 2023 yil 5 sentyabr kungi hulosasi, tergovga qadar tekshiruvda to`plangan ish xujjatlari inobatga olinib, gumon qilinuvchi Z.Sh.ga nisbatan JKning 118-moddasi (nomesga tegish) 4-qismi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, JPKning 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlandi.
Tergovning har tomonlama to`la va xolisona o`tkazilishi Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori tomonidan nazoratga olindi.






