AsosiyJamiyat

O`zbekistonda jamoat joylarida yuzni to`sib yurganlik uchun javobgarlik belgilanishi kutilmoqda

'O`zbekistonda jamoat joylarida yuzni to`sib yurganlik uchun javobgarlik belgilanishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekistonda jamoat joylarida shaxsini identifikasiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to`sganlik uchun ma`muriy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 5 sentyabr kuni bo`lib o`tgan majlisida deputatlar tomonidan “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko`rib chiqilib, qabul qilindi.

Unda  jamoat tartibini saqlash bo`yicha ko`rilayotgan choralar, xususan “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida joriy etilgan axborot dasturlarining samaradorligini yanada oshirish maqsadida jamoat joylarida shaxsini identifikasiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to`sgan holda bo`lganlik uchun ma`muriy javobgarlik chorasi kiritilmoqda.

Bunda, javobgarlikni istisno qiluvchi holat sifatida tibbiy ko`rsatma asosida yoki mehnat va xizmat faoliyati bilan bog`liq holatlarda yoxud yo`l-transport harakatida xavfsizlikni ta`minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh-kiyimda yoki sport va madaniy tadbirlar paytida ularning ishtirokchilari tomonidan, shuningdek, qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to`sgan holda bo`lish holati belgilanmoqda.

Majlisda qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi jamoat tartibini saqlash bo`yicha ko`rilayotgan sa`y-harakatlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar