AsosiyJamiyat

Toshkentda daraxtlarning ildizini teshib, uni quritadigan suyuqlik sepgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

'Toshkentda daraxtlarning ildizini teshib, uni quritadigan suyuqlik sepgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida daraxtlar drel yordamida kesib ketildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboev ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, Chilto`g`on (Taxtapul) mahallasida tadbirkor qurilish qilmoqchi bo`lgan. Biroq mahalla ahli va ekologlar bu erdagi daraxtlarning kesilishiga qarshi chiqqan.

“Kesishning imkoni bo`lmagach, atrof o`ralib, ko`zdan pana holda daraxtlarning tubi teshilib, daraxtni quritadigan suyuqliklar quyilgan. Buni daraxtlarga qarshi suiqasd deyish mumkin”, deydi sobiq deputat.

Ma`lum qilinishicha, daraxtlarni drel yordamida teshib quritganlarga qarshi prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Daraxtlarning quritilishi oqibatida tabiatga etkazilgan zarar miqdori 534 mln so`mni tashkil etmoqda. 
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar