AsosiyJamiyat

Erga beshta yirik asteroid yaqinlashmoqda

'Erga beshta yirik asteroid yaqinlashmoqda'ning rasmi

12 sentyabrgacha Erga beshta asteroid yaqinlashadi, deya ma`lum qildi NASA. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Uy kattaligidagi birinchi asteroid 6 sentyabr kuni Erdan 5,11 million kilometr masofada uchib o`tadi. Ushbu ob`ektni astronomlar birinchi marta 2021 yilda ko`rishgan.

Keyingisi samolyot kattaligida bo`lib, 8 sentyabr kuni sayyoramizga 4,08 million kilometr masofada yaqinlashadi. Shu kuni avtobus kattaligidagi yana bir asteroid Erga 5,72 million kilometr masofada uchib o`tadi.

To`rtinchi asteroid 10 sentyabr kuni sayyoramizga eng yaqin masofagacha – 2,65 million kilometrgacha yaqinlashadi. 12 sentyabr kuni esa avtobus kattaligidagi oxirgi ob`ekt Erdan 4,1 million kilometr uzoqlikda uchib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar