1

6 oy ichida 5 yoshgacha bo`lgan 164 nafar bolada koxlear implantasiya amaliyotlari o`tkazildi

Salomatlik 06.09.2023, 15:30
6 oy ichida 5 yoshgacha bo`lgan 164 nafar bolada koxlear implantasiya amaliyotlari o`tkazildi

Onalik va bolalikni muhofaza qilish yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy sisyosatning ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda 17 mln nafardan ortiq, shu jumladan 9,1 mln nafardan ziyod tug`ish yoshidagi ayollarga 227 ta tug`uruq muassasalari, 18 yoshgacha bo`lgan 11 mln nafar bolaga esa 245 ta pediatriya muassasalari xizmat ko`rsatib kelmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tibbiy-sanitariya muassasalarida “Ayollar maslahatxona”lari, tuman (shahar) ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarda “Onko-nazorat xona”si hamda “Qizlar salomatlik markaz”lari faoliyat yurityapti.

Shuningdek, Prezidentning tegishli qaroriga asosan respublikadagi 46 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining tug`uruq bo`limlari negizida tumanlararo perinatal markazlari amaldagi shtatlar doirasida tashkil etilgan. 

Homiladorlikning birinchi uch oyligida ayollar ommaviy tarzda ultratovush tekshiruvidan nafaqat viloyat, balki tuman (shahar) miqyosida yangi tashkil etilgan prenatal skrining xonalarida o`tkazilmoqda. 

Joriy yilning 6 oyida 1,9 mln nafar xotin-qizlar onkoskrining tekshiruvidan o`tkazildi. 5,9 mln nafar 35 yoshgacha tug`ish yoshidagi ayollarning 662,3 ming nafari temir, 560,5 ming nafari esa foliy preparatlari bilan bepul ta`minlandi.

Bundan tashqari, eshitishi zaif va tug`ma karlikni davolash maqsadida 2023 yilning birinchi yarmida 5 yoshgacha bo`lgan 164 nafar bolada koxlear implantasiya amaliyotlari o`tkazildi.

Yil yakuniga qadar homilador ayollar va bolalarga hududidan qat`i nazar, kafolatlangan bepul tibbiy xizmatdan foydalanish imkoni yaratiladi. Shuningdek, bolalar, o`smirlar va homilador ayollarni 7 turdagi vitamin va minerallar bilan bepul ta`minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish yo`nalishida takrorlanuvchi xizmat turlarini optimallashtirish ishlari olib boriladi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1