AsosiyJamiyat

Italiya qishloq xo`jaligi vaziri Samarqanddagi konferensiyaga etib keldi

'Italiya qishloq xo`jaligi vaziri Samarqanddagi konferensiyaga etib keldi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida 7—8 sentyabr kunlari Oziq-ovqat xavfsizligiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi.  Unda ishtirok etish uchun dunyoning 32 ta mamlakatidan 2 ming 330 nafar xorijiy ekspertlar Samarqandga etib keldi.

Konferensiyaga tashrif buyurgan Italiya qishloq xo`jaligi vaziri Franchesko Lollobriji ikki mamlakat o`rasidagi aloqalar haqida gapirdi.

“Italiya tez rivojlanayotgan davlatar sirasiga kiruvchi O`zbekistonga yordam berishdan mamnun. Biz Markaziy Osiyoda qulay geografik joylashuvga ega O`zbekistonni juda muhim sherik deb hisoblaymiz.

Bir necha oy avval mamlakatlar o`rtasida bo`lib o`tgan uchrashuvda qishloq xo`jaligi, chorva mollari va ilmiy yo`nalishda aloqalarimizni yana ham mustahkamlash borasida kelishuvlarga erishdik.

O`zbekistonning boy tarixi, chuqur madaniyati va o`ziga xos urf-odatlari bor. Mazkur jihatlar kelajakada ikki mamlakat o`rtasida aloqalarni yanada kuchaytirishda asos bo`ladi, degan umiddamiz”, — dedi Franchesko Lollobriji.

    Boshqa yangiliklar