AsosiyDunyo

Istanbuldagi suv toshqinida halok bo`lganlar orasida o`zbekistonliklar yo`q - Bosh konsulxona

'Istanbuldagi suv toshqinida halok bo`lganlar orasida o`zbekistonliklar yo`q - Bosh konsulxona'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kecha, 5 sentyabr kuni Istanbul shahrining ayrim tumanlarida (Bashakshehir, Arnavutkoy, Kuchukchekmeje) kuchli yomg`ir yog`ishi natijasida sodir bo`lgan suv toshqinida insonlar o`limi qayd etildi.

So`nggi rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 4 nafar shaxs vafot etgan va bir nechta kishi jarohat olgan.

Bosh konsulxona Istanbul viloyat hokimligi va mutasaddi tashkilotlar bilan bog`lanishi natijasida vafot etganlar orasida O`zbekiston fuqarolari yo`qligini o`rgandi.

“Jabrlanganlar orasida vatandoshlarimiz borligi haqida diplomatik vakolatxonaga ma`lumot kelib tushmaganligini ma`lum qilamiz”, - deyiladi Bosh konsulxona xabarida.

    Boshqa yangiliklar