AsosiyJamiyat

Xalqaro qidiruvdagi ikki yirik jinoyatchi Toshkentga olib kelindi

'Xalqaro qidiruvdagi ikki yirik jinoyatchi Toshkentga olib kelindi'ning rasmi

Interpolning O`zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabariga ko`ra, Toshkent va Abu-Dabi shaharlari milliy markaziy byurolari o`rtasida o`tkazilgan tadbirlar va avval ikki tomonlama uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga asosan katta miqyosdagi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga e`lon qilingan jinoyatchilarni topshirish ishlari amalga oshirildi.

Shu tariqa, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Birlashgan Arab Amirliklari hududida aniqlangan jinoyatchilarning iziga tushishga muvaffaq bo`lishdi.

Qidiruvdagi ayol Toshkentga etkazilishi maqsadida O`zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar