Vashington Kievga yordam berish uchun yana 1 milliard dollar, jumladan, harbiy va xavfsizlik uchun 665 million dollar ajratmoqda, dedi 6 sentyabr kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.
"Bugun biz Ukrainaga yangi yordam - 1 milliard dollardan ortiqni e`lon qilamiz. Bunga harbiy ehtiyojlar va tinch aholi xavfsizligini ta`minlash uchun 665,5 million dollar kiradi", dedi Blinken Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan qo`shma matbuot anjumanida.
Shu tariqa, Davlat departamenti rahbarining eslatishicha, Rossiya harbiy maxsus operasiyasi boshlangandan beri Qo`shma Shtatlar Ukrainaga xavfsizlikni ta`minlashda 43 milliard dollardan ortiq yordam ko`rsatgan.






