AsosiyJamiyat

Samarqandda global oziq-ovqat xavfsizligi to`g`risida deklarasiya qabul qilinadi

'Samarqandda global oziq-ovqat xavfsizligi to`g`risida deklarasiya qabul qilinadi'ning rasmi

Hujjat xalqaro hamkorlikning asosiy yo`nalishlarini belgilab beradi. Tomonlar iqlim o`zgarishi, suv resurslarining kamayishi, erlar degradasiyasini asosiy chaqiriqlar sifatida e`tirof etdilar.

Samarqand deklarasiyasi O`zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkilotining texnik ko`magida tashkil etilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo`yicha xalqaro konferensiya yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydi. Tadbir 7–8 sentyabrda, 15 ta mamlakat qishloq xo`jaligi vazirlari, 8 mamlakatdan vazir o`rinbosarlari, 13 mamlakatning yuqori darajadagi diplomatlari va 30 dan ziyod xalqaro hamda ilmiy tashkilotlar, shuningdek moliya institutlari vakillari ishtirokida o`tadi.

«Pandemiya va global chaqiriqlar bizni eski yondashuvlarni qayta ko`rib chiqishga ruhlantirmoqda, fermerlar va agrobiznesni rag`batlantirish, shuningdek qishloq xo`jaligini yuritishning yangi uslublari naqadar muhimligini isbotlayapti. O`zbekistonda agrooziq-ovqat tarmog`ini qayta tashkil etish jarayoni kechmoqda. Biz qishloq xo`jaligining salohiyatini kuchaytirish va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash uchun jahonning etakchi olimlarini jalb etishni rejalashtirmoqdamiz. Jahoda yanada yuqori sifatli oziq-ovqat bilan yanada ko`proq insonlar qamrab olinishini ta`minlanish uchun yangi echimlar va innovasiyalarni talab qilmoqda. Mana shular konferensiya muhokamasida asosiy o`rinni egallaydi va Samarqand deklarasiyasining asosini tashkil qiladi», — rejalari bilan o`rtoqlashdi O`zbekiston qishloq xo`jaligi vaziri Aziz Voitov.

Samarqand deklarasiyasida ishtirokchi mamlakatlarning quyidagi maqsadlari qayd etiladi:

-  qishloq xo`jaligini ekologik jihatdan eng xavfsiz, bioxilma-xillikni qo`llab-quvvatlaydigan usulda, suv resurslaridan optimal foydalangan holda rivojlantirish;

-  aholi, ayniqsa bolalar va o`smirlarning sog`lom ovqatlanishiga ko`maklashish, maktabda ovqatlanish kompleks dasturlarini joriy qilish;

-  ayollarning agrooziq-ovqat tizimlari transformasiyasidagi ulushini oshirish uchun qishloq joylardagi ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish;

-  davlat miqyosida kichik va oilaviy xo`jaliklarni qo`llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish, tabiiy va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

«Global iqtisodiy tanazzul va o`sishning sekinlashuvi iqlim inqirozining oqibatlari, agrooziq-ovqat tizimida investisiyalarning etishmasligi, oziq-ovqatlar narxining o`sib borishi va tengsizlikning kuchayib borishi bilan uyg`unlikda, bizni 2030 yilgacha Barqaror taraqqiyot sohasidagi maqsadlar (BTM)ga, ayniqsa BTM-2 (Nol ochlik)ka erishishga qaratilgan kursdan chetlatib yubordi.

Oziq-ovqat xavfsizligi bo`yicha xalqaro konferensiya butun dunyodagi agrooziq-ovqat tizimlari qayta tashkil etilishidagi ilgarilashuvning tezlashishi uchun jidiy maydoncha bo`ladi, pirovardida bu tizimlarlar dengizga chiqish yo`liga ega bo`lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar duch kelayotgan chaqiriqlarga alohida urg`u berib,  yanada samarali, inklyuziv va barqaror tus oladi. Bundan tashqari, konferensiyada yaxshilashning to`rt yo`nalishi: ishlab chiqarishni yaxshilash, ovqatlanish sifatini yaxshilash, atrof-muhit holatini yaxshilash va hayot sifatini yaxshilash maqsadida qishloq joylarda gender tenglikni mustahkamlash, qishloq xo`jaligini innovasion rivojlantirish va raqamli qishloq xo`jaligi masalalari muhokama etiladi, bunda hech kim e`tiborsiz qolmasligi kafolatlanadi», — dedi FAO bosh direktori Syuy Dun`yuy.

Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi bo`yicha xalqaro konferensiya doirasida 26 mamlakatdan 150 dan ziyod xorijiy olimlar va O`zbekistonning 200 nafar olimi ishtirokida davra suhbati o`tkaziladi. Ishtirokchilar qo`shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatini muhokama qiladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar