AsosiyJamiyat

Bugun 4 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun 4 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning birinchi yarimida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32° bo`ladi.

Poytaxtda kunning birinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-32° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-24° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar