AsosiyJamiyat

⚡️ Jazirama yana qaytdi: dam olish kunlari O`zbekistonda harorat 39 darаjaga ko`tariladi

'⚡️  Jazirama yana qaytdi: dam olish kunlari O`zbekistonda harorat 39 darаjaga ko`tariladi'ning rasmi

"O`zgidromet" xizmati dam olish kunlari O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, bugun kunning birinchi yarmida respublikaning markaziy hududlarida bulutli bo`ladi, ba`zida havo bulutlardan ochilishi saqlanib turadi, ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida quyoshli ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati 27-32 daraja atrofida, janubda va cho`l hududlarda 35-37 darajagacha bo`ladi.

Shanba va yakshanba kunlari hududning katta qismida issiq va quruq ob-havo bo`ladi. Havo harorati shanba kuni 30-35 daraja, yakshanba kuni 32-37 daraja, janubda va cho`l hududlarda 39 darajagacha bo`ladi.

Dam olish kunlari shimoliy-g`arbiy hududlarda ob-havo yomonlashishi kutilmoqda. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 22-27 darajagacha pasayadi

Poytaxtda: 8 sentyabrda bulutli bo`ladi, ba`zida havo bulutlardan ochiladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-32  daraja bo`ladi.

Dam olish kunlari havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 35-37 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar