Qozog`iston Milliy xavfsizlik qo`mitasi Turkiston shahrida joylashgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi portlatilishining oldini oldi. Bu haqda Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashi yig`ilishida departament raisi o`rinbosari Ruslan Seysembaev ma`lum qildi.
“Bu davrda bevosita Qozog`istonda ortib borayotgan terror tahdidi barqarorligicha qolmoqda. Har yili kamida ikkita teraktning oldi olinmoqda. Faqat shu yilning o`zidayoq, Turkistonda Xoja Ahmad Yasaviy maqbarasida qo`lbola portlovchi qurilmani portlatishga urinishlar kuzatildi. Shuningdek, Ostonadagi ommaviy klasterlarga qurolli hujum uyushtirildi”, – deydi u.
Uning so`zlariga ko`ra, Milliy xavfsizlik qo`mitasiga kelib tushgan ma`lumotlar Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlarga nisbatan terrorchilik tahdidlarining shakllanishi bir necha dominant omillar ta`sirida yuzaga keladi, degan xulosaga kelish imkonini beradi.