AsosiyJamiyat

Endi barcha turdagi arizalar sudlarda qabul qilinadi

'Endi barcha turdagi arizalar sudlarda qabul qilinadi'ning rasmi

Barcha turdagi arizalar sudga taalluqliligidan qat`i nazar, qabul qilish va vakolatli sudga yuborish tizimi joriy qilinganidan xabaringiz bormi?

Fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini himoya qilishda ma`muriy sudlarning rolini yanada kuchaytirish maqsadida tegishli qonun qabul qilingan.

Ilgari arizalar sudlarga taaluqli bo`lsagina, qabul qilinardi. Endi barcha turdagi arizalar qabul qilinishi lozim. Bordi-yu, qabul qilingan ariza mazkur sud faoliyatiga taalluqli bo`lmasa, tegishli bo`g`im sudlariga yuboriladi.

Bundan tashqari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlarini ko`rsatish bilan bog`liq qarorlari ustidan ma`muriy sudga ariza berilganda, davlat bojini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida to`lash imkoniyati mavjud.

    Boshqa yangiliklar