AsosiyDunyo

G20 yadro qurolidan foydalanishga va unga bog`liq tahdidlarga qarshi chiqdi

'G20 yadro qurolidan foydalanishga va unga bog`liq tahdidlarga qarshi chiqdi'ning rasmi

G20 etakchilari Nyu-Dehlidagi sammitda qo`shma deklarasiya bo`yicha konsensusga erishdilar. Unda Ukraina ham tilga olindi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bu bo`yicha bayonot berdi. U G20 blok oldida turgan masalalar, xususan, Ukrainadagi urush masalasi bo`yicha konsensus deklarasiyasini qabul qilganini aytdi.

“Biz G20 etakchilari sammiti deklarasiyasi bo`yicha konsensusga erishdik. Men ushbu deklarasiya qabul qilinganini e`lon qilaman”, — dedi Modi.

Bungacha ommaviy axborot vositalari G20 davlatlari o`rtasida qo`shma kommyunike bo`yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgani, xususan, G`arb davlatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qoralashni talab qilgani, biroq Moskva buni blokirovkalagani haqida xabar berdi.

G20 sammitining yakuniy deklarasiyasi matnidagi asosiy tezislar quyidagilar:

•  G20 barcha davlatlarni xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilishga, hududiy yaxlitlik va suverenitetni, xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilishga chaqirdi;

• Konfliktlarni tinch yo`l bilan hal qilish, diplomatiya va muloqot hal qiluvchi ahamiyatga ega;

• G20 Ukrainada BMT Nizomining barcha maqsad va tamoyillariga javob beradigan keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan barcha konstruktiv tashabbuslarni qo`llab-quvvatlashga tayyor;

• Davlat rahbarlari Ukraina va Rossiyada oziq-ovqat va o`g`itlar etkazib berishni ta`minlash bo`yicha “don kelishuvi”ni to`liq amalga oshirishga chaqirdi;

• G20 yadro qurolidan foydalanishga va unga bog`liq tahdidlarga qarshi chiqdi.

    Boshqa yangiliklar