AsosiyJamiyat

Rossiyada 150 ga yaqin o`zbekistonlik fuqarolar oylik maoshini ololmayotgani aniqlandi

'Rossiyada 150 ga yaqin o`zbekistonlik fuqarolar oylik maoshini ololmayotgani aniqlandi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiyada ish haqini ololmayotgan 131 nafar o`zbekistonlikka oylik maoshi undirib berilgani haqida xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Rossiyada ishlayotgan bir guruh o`zbekistonliklar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qo`llab-quvvatlash markaziga oylik maoshini undirib berishda amaliy yordam so`rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat ishi doirasida Markaz mas`ul xodimlari tomonidan ish beruvchi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida “SMU-161” qurilish korxonasidan 131 nafar fuqaroning 11 million 517 ming rubl (120 ming AQSh dollari) miqdoridagi oylik maoshlari to`liq undirilib berilgan.

    Boshqa yangiliklar