Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 2122 nafarga etdi. Deyarli 2,5 ming kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi, deb xabar beradi mir24.tv.
Tabiiy ofatdan uch kun o`tgan bo`lsa ham, uylari zarar ko`rmagan odamlar ko`chada uxlashda davom etmoqda. Ular zilziladan qo`rqishmoqda. Mamlakat bo`ylab keng ko`lamli qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda. Vayronalar ostida hali ham tirik qolganlar bo`lishi mumkin. Marokash qiroli vayron bo`lgan uylarni tiklash va uysiz qolgan har bir kishiga yordam ko`rsatish dasturini amalga oshiradigan idoralararo qo`mita tuzishni buyurdi.
O`tgan juma kuni Marrakeshdan 80 kilometr uzoqlikda 6,9 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Zilzila o`chog`i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. 20 daqiqadan so`ng yana to`rtta silkinish qayd etildi, deyiladi xabarda.






