Prezident huzurida yo`l xo`jaligi sohasini isloh qilish bo`yicha dolzarb masalalar yuzasidan yig`ilish boshlangani haqida xabar bergan edik.
Yig`ilishda hokimlar va Avtomobil yo`llari qo`mitasining yo`llar uchun javobgarlik sohasini aniq chegaralash zarurligi qayd etildi.
Yo`llarni monitoring qilishning avtomatlashgan tizimi yo`qligi sababli qaysi yo`ldan qanday hajmda yuk o`tayotgani haqida aniq ma`lumot yo`q.
Xalqaro tajribada yuk transportlari vaznini o`lchaydigan nazorat tarozilarini o`rnatish amaliyotidan keng foydalaniladi. Shundan kelib chiqib, bunday tarozilarni mamlakatimizda ham xususiy sheriklik asosida o`rnatish taklif qilinmoqda.
Davlatimiz rahbari tarozilardan foyda olish uchun emas, aksincha, yo`llar sifatini ta`minlash hamda yo`l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida foydalanish lozimligini ta`kidladi.