FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi Qashqadaryoda zilzila bo`lgani haqida ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinisha, O`zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 12.09.2023 21:14 da (12.09.2023 yil, Grinvich bo`yicha 16:14 da) zilzila sodir bo`ldi. Episentr: Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani. Zilzila koordinatalari: 39,09 gradus shimoliy kenglik; 66,89 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 312 km janubiy-g`arbda.






