Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 5,5 ming kishidan oshdi. Bu haqda 12 sentyabr, seshanba kuni Qirollik ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Al-Hauz viloyatidagi zilzila oqibatida vafot etganlar soni 2901 taga etdi. Shu bilan birga, yaradorlar soni 5530 kishiga etdi, deya xabar bermoqda Hespress.
Eslatib o`tamiz, ushbu zilzila 8 sentyabr, juma kuni sodir bo`lgan edi. Tabiiy ofat El-Xauz, Chichaua, Uarzazat provinsiyalari va Marrakesh shahriga zarar etkazgan. Zarar ko`rgan hududlarda uyali aloqa va elektr ta`minotida muammolar mavjud.
Bir kun avval Al-Arabiya telekanali qurbonlar soni 2059 kishiga etgani haqida xabar bergan edi. Jarohatlanganlardan 1404 nafarining ahvoli og`irligi aytilgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Marokash qiroli Muhammad VI ga halokatli zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Rossiya Fanlar akademiyasi Er fizikasi instituti seysmik xavf laboratoriyasi rahbari, fizika-matematika fanlari doktori Aleksey Zavyalov qirollikda yana kuchli zilzila kutilishi mumkin yoki yo`qligini aytdi.