Prezident Vladimir Putin va Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen Inning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bir soatdan ortiq davom etdi. Ikki davlat rahbarlari suhbatni yakkama-yakka formatda davom ettirmoqda, deya xabar bermoqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Uning so`zlariga ko`ra, Rossiya har qanday “tashqaridan hayqiriqlar”ga qaramay, KXDR bilan munosabatlarni o`zaro manfaatli asosda qurishda davom etadi. Kreml vakili Shimoliy Koreya “bizning yaqin qo`shnimiz” ekanini ta`kidladi.
"Tashqaridan kelgan har qanday izoh yoki hayqiriqlarga qaramay, biz qo`shnilarimiz bilan munosabatlarni o`zimizga va qo`shnilarimiz uchun foydali bo`lgan tarzda quramiz", dedi janob Peskov "Rossiya"ga bergan intervyusida.
Kim Chen In Rossiyaga kecha, 12 sentyabr kuni etib keldi. Ular “Vostochniy” kosmodromida janob Putin bilan uchrashdi. Rossiya prezidenti “iqtisodiy hamkorlik va insonparvarlik” masalalarini muhokama qilishlarini aytdi.