AsosiyJamiyat

Dengiz sathidan 1450 metr balandlikda yangi ko`mir koni ochildi

'Dengiz sathidan 1450 metr balandlikda yangi ko`mir koni ochildi'ning rasmi

To`polang ko`mir koni havzasi dengiz sathidan 1450 metr balandlikda joylashgan. Ayni paytda ko`mir konidan iste`molchilarga 35 ming tonna ko`mir zaxirasi qazib olinib, etkazib berishga tayyorlab qo`yilgan.

Ko`mir konida ishlarni jadallashtirish uchun 15 dan ortiq texnikalar jalb etilib, har kuni ko`mir tashish 1000-1200 tonnagacha olib borilmoqda. To`polang ko`mir konida hozircha aniqlangan ko`mir zaxirasi hajmi 11 mln tonna.

Qazib olinayotgan mahsulot ijtimoiy eng avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan aholi vakillariga tarqatilmoqda. Manzilli ro`yxat asosida qo`shimcha 20 ming tonna ko`mir etkazib berilishi belgilangan.

Bugungi kunda Sariosiyo va Uzun tumanlari aholisi uchun ko`mir mahsulotlari etkazib berish rejasiga muvofiq, to`liq ta`minlandi. Denov va boshqa tumanlarga joriy oyning oxirigacha to`liq etkazib beriladi..

Ko`mirning aholi xonadonlariga manzilli etib borishi uchun Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida 11 ming 441 nafar “Temir daftar” va “Ayollar daftari”dagi ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar ro`yxati shakllantirildi.

Hozirgi kunda To`polang ko`mir koni havzasida ko`chkilar bilan bog`liq xavfsizlikni ta`minlash, mahsulot qazib olish jarayonida ko`mir qatlami yotqizimlariga aniqlik kiritish va yangi konlarni o`zlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar