AsosiyJamiyat

Ommaviy zaharlangan bolalar bog`chasi yopildi

'Ommaviy zaharlangan bolalar bog`chasi yopildi'ning rasmi

Joriy yilning 13-14 sentyabr kuni Toshkent viloyati Angren shahridagi 1-sonli bog`chada 3 nafar, 10-sonli bog`chada 14 nafar hamda 37-sonli bog`chada bir nafar tarbiyalanuvchilar birlamchi ich buzilishi tashxisi bilan shifoxonaga tushgani haqida xabar berilgan edi.  

Sanepidqo`mitaning qo`shimcha ma`lumot berishicha, shahardagi 10-sonli  DMTT da tarbiyalanayotgan  bolalar ko`ngil aynishi, qayd qilish, tana haroratni ko`tarilishi, tez-tez ich kelishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilishgan. Ulardan 24 nafari “Ovqatdan zaharlanish yoki oshqozon faoliyatining funksional buzilishi” birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan,  7 nafariga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatilib, uyiga ruxsat berilgan.

Sanepidqo`mita xodimlari tomonidan laborator tekshiruvlar uchun yuqumli kasalliklar bo`limiga murojaat qilgan bemorlardan hamda bog`cha mborxonasida saqlanayotgan oziq-ovqat maxsulotlaridan namunalar olingan.

 Shuningdek, bog`chaning 240 nafar  tarbiyalanuvchilari shifokorlar tomonidan  to`liq tibbiy ko`rikdan o`tkazilib,  tibbiy nazoratga olingan. DMMTning ish faoliyati vaqtinchalik to`xtatilgan.

 

    Boshqa yangiliklar