17 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ulushi ustunlik qiladigan Aksionerlik jamiyatlarda korporativ boshqaruvni takomillashtirish chora-tadbirlari to`risida”gi Qarori imzolandi.
Unga ko`ra, 2016−2017 yillarda “Navoiy tog`-metallurgiya kombinati”, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi hamda “O`zavtoyo`l” davlat korxonalari aksionerlik jamiyatlariga aylantiriladi. Bu haqda Qimmatli qog`ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi xabar beradi.
Hujjatda 10 ta strategik aksionerlik jamiyati ro`yxati keltirilgan bo`lib, ular orasida yuqorida sanab o`tilgan AJga aylantiriluvchi oddiy aksiyalarining 100 foizi davlatga tegishli kompaniyalar ham bor:
• «O`zbekneftgaz» MXK;
• «O`zbekenergo» AJ;
• «O`zbekiston temir yo`llari» AJ;
• «O`zbekiston havo yo`llari» AJ;
• «O`zavtoyo`l» AJ;
• «O`zbektelekom» AJ;
• «Navoiy tog`-metallurgiya kombinati» AJ;
• «Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati» AJ;
• «Xalq banki» ATB;
• «O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki» ATB.