Sirdaryo viloyatining Guliston shahri va bir nechta tumanlari hokimlari o`zgardi

Jamiyat 24.10.2016, 11:45
Sirdaryo viloyatining Guliston shahri va bir nechta tumanlari hokimlari o`zgardi

Xalq deputatlari Guliston, Shirin shaharlari, Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba, Sirdaryo tumanlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo`lib o`tdi. Sessiyalarda tashkiliy masalalar ko`rildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti. 

Deputatlar Sirdaryo viloyati hokimi Oybek Ashurmatovning tavsiyasiga ko`ra, Guliston shahriga Sirdaryo viloyati hokimining ma`muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o`zini o`zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari Sherzod Shuhratullaevich Ismatullaevni, Shirin shahriga “O`zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati elektrostansiyalardan foydalanish boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari Ilhomjon Maxmudjonovich Begalievni, Oqoltin tumaniga Jizzax viloyati Zomin tumani “Avtosanoat-agro-Jizzax” mas`uliyati cheklangan jamiyati raisi Hamroboy Rahimovich Razzoqovni, Sayxunobod tumaniga Sirdaryo viloyati o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi boshlig`i Nosirjon Maxmudovich Egamberdievni, Sardoba tumaniga Sirdaryo viloyati prokuraturasi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo`limi boshlig`i Shukurullo Xo`jamqulovich Tursunovni, Sirdaryo tumaniga “Sirdaryoavtoyo`l” hududiy yo`llardan foydalanish tashkiloti direktori Sobirjon Nazarovni hokim etib tasdiqladilar.

Sessiyalarda viloyat hokimi Oybek Ashurmatov tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha ma`ruzalar qildi. Sessiyalarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi Davron Abitovich Nazarmuhammedov qatnashdi va so`zga chiqdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1