1

Fuqarolar murojaatlarining aksariyati aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta`minlashga bog`liq bo`lmoqda

Jamiyat 24.10.2016, 11:49
Fuqarolar murojaatlarining aksariyati aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta`minlashga bog`liq bo`lmoqda

2016 yil sentyabr-oktyabr oylarida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali  “O`zbekneftgaz” MXKga fuqarolardan 137 ta murojaatlar kelib tushdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, yurtdoshlarimiz “O`zbekneftgaz” MXK, uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning xizmatlari to`g`risida to`liq ma`lumotlar, bog`lanish manzillari va rahbariyatning qabul kunlari keltirilgan Interfaol davlat xizmatlarining yagona portali orqali ham o`z murojaatlarini jo`natmoqdalar. 2016 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida ushbu portal orqali 1544 ta murojaatlar kelib tushgan bo`lib, ularning 1533 tasi bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilingan va javoblar yuborilgan.    

“O`zbekneftgaz” MXK faoliyati to`g`risida keng ma`lumot www.ung.uz saytida ham keltirilgan. Ushbu korporativ sayt orqali fuqarolar xoldingga murojaat etish va neftgaz tarmog`i mutaxassislarining malakali yordamidan bahramand bo`lish imkoniga egadirlar. 

Xoldingda mavjud ishonch telefoniga (+998 71 233-28-88) fuqarolardan kelib tushayotgan qo`ng`iroqlari qisqa fursatlarda ko`rib chiqilmoqda. 

Ta`kidlash lozimki, bugungi kunda fuqarolar murojaatlarining aksariyati aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta`minlashga bog`liq bo`lib, bu masala bo`yicha tegishli choralar ko`rildi. Xususan, Samarqand va Farg`ona viloyatlaridagi fuqarolardan gaz ta`minotini yaxshilashga oid murojaatlar kelib tushgan. Gaz ta`minoti korxonalari mutaxassislari joylarga borib, murojaatlar sabablarini o`rganib chiqqanlar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qisqa muddatlarda zaruriy choralarni ko`rganlar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1