AsosiyJamiyat

“Open budget”ga ovoz berish yakunlandi

'“Open budget”ga ovoz berish yakunlandi'ning rasmi

Bugun, 16 sentyabr soat 10:00 da “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023 yilgi 2-mavsumi uchun ovoz berish yakunlandi.

Endi tuman, shahar uchun ajratilgan byudjet mablag`lari miqdoriga qarab, g`oliblar soni aniqlanadi.

Eslatib o`tamiz, ovoz berish bosqichiga qadar “Open budget”da qabul qilish va saralash bosqichlari o`tkazildi. Ushbu mavsumning birinchi bosqichi 17 iyuldan 6 avgustga qadar, ikkinchi bosqichi esa 6 avgustdan 26 avgustgacha davom etdi. 

Joriy yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish 27 avgustdan boshlangan edi.

    Boshqa yangiliklar