AsosiyDunyo

Gruziyada davlat to`ntarishiga tayyorgarlik ko`rilmoqda

'Gruziyada davlat to`ntarishiga tayyorgarlik ko`rilmoqda'ning rasmi

Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati mamlakatda davlat to`ntarishiga tayyorgarlik ko`rilayotganidan ogohlantirdi.

“Ma`lum bir guruh odamlar joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida Gruziyada beqarorlik va fuqarolar tartibsizliklarini rejalashtirmoqda, pirovard maqsad hokimiyatni zo`ravonlik bilan almashtirishdir”, — deyiladi Davlat xavfsizlik xizmati Facebook ijtimoiy tarmog`ida e`lon qilingan bayonotda.

Ta`kidlanishicha, buzg`unchi jarayonlarning boshlanish sanasi tasodifan tanlanmagan, chunki bu davrda Evrokomissiyaning oraliq va yakuniy hisobotlari e`lon qilinishi kerak. Bayonotda qayd etilishicha, «fitnachilar» Evrokomissiya qarori Gruziya uchun salbiy bo`lishini kutishmoqda, bu esa rasmiylarni Rossiya manfaatlarini ko`zlayotganlikda ayblash uchun asos bo`lib xizmat qiladi.

Bayonotda ta`kidlanishicha, tashkilotchilar 2014 yilda Ukrainada sodir bo`lgan Evromaydanga o`xshash ssenariyni Gruziyada ham amalga oshirish imkoniyatini ko`rib chiqmoqda.

Razvedka xizmatining xabar berishicha, "fitnachilar" tomonidan Tbilisi markazida “chodirlar shaharchasi” yaratish, barrikadalar o`rnatish, piketlar o`tkazish va hukumat binolarini egallab olish, provokasiyalarni amalga oshirish bo`yicha bir qancha ssenariylari ishlab chiqilmoqda.

“Ushbu xavflarni zararsizlantirish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati boshqa vakolatli organlar bilan hamkorlikda barcha zarur profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar