AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen Inning Rossiyaga 6 kunlik tashrifi yakunlandi

'Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen Inning Rossiyaga 6 kunlik tashrifi yakunlandi'ning rasmi

Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In Rossiyaga 6 kunlik tashrifini yakunlab, zirhli poezdda uyiga qaytdi, deb xabar beradi Yonhap agentligi.

Rossiya matbuotining xabar berishicha, Kim Chen Inni olib ketayotgan poezd Rossiyaning Uzoq Sharqidagi Artem shahridan jo`nab ketgan. Poezdni Rossiyaning qator rasmiylari kuzatib qo`ydi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Xayrlashganda Kim Chen In hurmatini bildirdi.

Eslatib o`tamiz, KXDR etakchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Rossiyaga tashrif buyurdi. Chorshanba kuni “Vostochniy” kosmodromida ikki davlat sammiti bo`lib o`tdi. Rossiyaning Amur viloyatidagi kosmik markazda bo`lib o`tgan oliy darajadagi muzokaralardan so`ng Putin mahalliy axborot kanaliga KXDR bilan harbiy-texnikaviy aloqalar o`rnatilishi mumkinligini aytdi. Shu bilan birga, u Kim Chen Inning Rossiya raketa texnologiyalariga juda qiziqishini ma`lum qildi va KXDRga o`z sun`iy yo`ldoshini yaratishda yordam berishga va`da berdi.

Shimoliy Koreya may va avgust oylarida orbitaga harbiy josuslik sun`iy yo`ldoshini chiqarishga uringan, biroq ikkalasi ham muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Uchinchi ayg`oqchi-sun`iy yo`ldosh oktyabr oyida uchirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, bu Kim Chen Inning hokimiyat tepasiga kelganidan keyin xorijiy davlatga qilgan eng uzoq safari hisoblanadi. Safarga ketgan vaqtni hisoblasak, Shimoliy Koreya etakchisi Rossiyada 8 kun bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar