Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yig`ilishlari arafasida Nyu-York markaziga yig`ilgan minglab odamlar AQSh prezidenti va boshqa dunyo etakchilaridan iqlim o`zgarishiga e`tibor berishni, yangi neft va gaz quduqlarini burg`ilashni to`xtatishni talab qilishdi.
Yakshanba kuni minglab odamlar Manxetten ko`chalariga chiqib, dunyo etakchilarini qazib olinadigan yoqilg`idan voz kechishga chaqirishdi.
Iqlim o`zgarishiga qarshi namoyishchilar soni koronavirus pandemiyasidan keyingi eng kattasi bo`ldi. Ishtirokchilar Nyu-Yorkka mamlakatning turli burchaklaridan plakatlari bilan kelishdi. Ular orasida tibbiyot xodimlari va yadroviy qurolga qarshi faollar, rohiblar va imomlar, kasaba uyushmalari rahbarlari va aktyorlar, olimlar va talabalar bor.
Ma`lumot uchun, Jo Bayden ma`muriyati 2050 yilga borib AQShni uglerod gazidan neytral holga keltirmoqchi. Ushbu bandning amalga oshirilishi 2024 yilda bo`lib o`tadigan Amerika prezidentlik saylovlarida Jo Bayden va umuman Demokratik partiyaning saylovda qo`llab-quvvatlanishiga ta`sir qiladi.
Aksariyat respublikachilar neft, ko`mir va tabiiy gazni qidirish va qazib olishni kengaytirishni qo`llab-quvvatlaydi.
19.09.2023 10:55
Nyu-Yorkda qazib olinadigan yoqilg`iga qarshi namoyishlar bo`lib o`tdi
