1

Malta aeroportidagi aviafalokat oqibatida besh kishi halok bo`ldi

Dunyo 24.10.2016, 15:04
Malta aeroportidagi aviafalokat oqibatida besh kishi halok bo`ldi

Bugun, 24 oktyabr kuni Malta aeroportidan havoga ko`tarilgan engil motorli samolyot parvozni amalga oshirolmay, erga quladi, oqibatda samolyot bortida bo`lgan besh kishi halok bo`lgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Samolyot Liviyaning shimoli-g`arbida joylashgan Misrat shahri tomon yo`l olgan. U havoga ko`tarilishi bilan erga qulab, yonib ketgan. Voqea joyiga o`t o`chiruvchilar va boshqa shoshilinch xizmat xodimlari etib kelgan.

Ayni vaqtda aeroport yopilgan. Havo bandargohi rahbariyati bo`lib o`tgan voqea uchun yo`lovchilardan uzr so`radi. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bu samolyot AQShga tegishli  Fairchild Swearingen Metroliner SA227-AT nomli turbovint samolyoti bo`lib, uning bortida Frontex Evropa chegara agentligining xodimlari bo`lgan. Ammo mazkur tashkilot vakillari Tvitterdagi o`zlarining rasmiy saytida bu ma`lumotni rad etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1