AsosiySport

“Hakam bitta jiddiy xato qildi, Neymarga qizil bermadi”

'“Hakam bitta jiddiy xato qildi, Neymarga qizil bermadi”'ning rasmi

Futbol sharhlovchisi Davron Fayziev “Al Hilol” bosh murabbiyi Jorje Jezushning keskin fikrlagriga javob qaytardi.

Xabaringiz bor kuni kecha OChL 1-tur doirasida “Al Hilol” – “Navbahor” uchrashuvi bo`lib o`tdi. O`yinda dastlab mezbon “Navbahor” futbolichisi Toma Tabatadze 52 daqiqada hisobni ochgan bo`lsa, “Al Hilol” futbolchisi 90+10 daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. 

Uchrashuvdan so`ng “Al Hilol” bosh murabbiyi Jorje Jezush “Navbahor” haqida keskin fikrlar bildirdi.

“O`yin qiyin bo`ldi. Har daqiqada raqib futbolchisining maydonda yotgani sababli o`yin tempi tushib ketdi. Bir vaqtning o`zida 2-3 nafar futbolchi maydonda yotibdi, men bunday futbolga o`rganmaganman.  
Bugungi natija meni umuman xavotirga solmaydi, chunki biz bugun futbol ko`rmadik. Men bunday zerikarli va kulguli futbol o`ynab ko`rmaganman. Men 35 yillik faoliyatimda “Navbahor”dek vaqtni cho`zib, anti-futbol o`ynaydigan jamoani ko`rmaganman.

Biz futbol o`ynashni xohlamaydigan jamoaga qarshi bahs olib bordik. Barcha hakamning harakatlarini ko`rdi, uning darajasi raqibimiz bilan bir xil ekan”, - dedi murabbiy.

Bunga javoban futbol sharhlovchisi Davron Fayziev esa

“Al Hilol bosh murabbiyi Jorje Jezush o`yindan keyin emosiyaga berilib gapiribdi shekili. 35 yillik faoliyatimda bunday vaqt cho`zishni ko`rmaganman debdi. Biz, osiyolik muxlislar bu gapga shunchaki kulib qo`ydik. Hakam saviyasi raqibga yarasha debdi. Bu esa hurmatsizlik. O`zi shundog`am Osiyoda eng kuchlilardan bo`lgan jamoang transferlar uchun yana 300 million sarfladi, agar shu sharoitda ham himoyaviy futbolga qarshi chora qo`llashni bilmasang, demak nimanidir noto`g`ri qilyapsan. Hakam bitta jiddiy xato qildi, Neymarga qizil bermadi”, - deya o`zining rasmiy kanalida post qoldirdi. 

    Boshqa yangiliklar