AsosiyDunyo

Putin Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish uchun qo`yilgan cheklovni 2024 yilgacha uzaytirdi

'Putin Rossiyaga oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish uchun qo`yilgan cheklovni 2024 yilgacha uzaytirdi'ning rasmi

2014 yilda sanksiyalarga javoban qabul qilingan Rossiya oziq-ovqatiga taqiq 2024 yilgacha uzaytirildi.

Bu haqda prezident Vladimir Putin tomonidan farmon imzolandi.

"Rossiya Federasiyasi Prezidentining 2014 yil 6 avgustdagi 560-sonli "Rossiya Federasiyasining xavfsizligini ta`minlash bo`yicha maxsus iqtisodiy chora-tadbirlarni qo`llash to`g`risida" gi farmonida nazarda tutuvchi maxsus iqtisodiy chora-tadbirlarning amal qilish muddati 2024 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha uzaytirilsin”, deyiladi hujjat matnida.

Cheklov doirasida iqtisodiy sanksiyalar joriy etishga qaror qilgan Evropa Ittifoqi, AQSh, Avstraliya, Kanada, Norvegiya, Islandiya, Lixtenshteyn, Albaniya va Chernogoriya kabi davlatlardan go`sht va sut mahsulotlari, baliq, sabzavot, meva va yong`oqlarni mamlakatga olib kirish taqiqlanadi. 

 

    Boshqa yangiliklar